RUS HARBIY ZOBITI I.VITKEVICH ESDALIKLARIDA BUXORO KARVONSAROYLARI TAVSIFI (XIX ASRNING 1-YARMI MANZARALARI)

Опубликовано в журнале: Научный журнал «Интернаука» № 13(189)
Рубрика журнала: 5. История и археология
DOI статьи: 10.32743/26870142.2021.13.189.260958
Библиографическое описание
Nasilloyev S.Sh., Choriyeva M.R. RUS HARBIY ZOBITI I.VITKEVICH ESDALIKLARIDA BUXORO KARVONSAROYLARI TAVSIFI (XIX ASRNING 1-YARMI MANZARALARI) // Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 13(189). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/189 (дата обращения: 26.12.2024). DOI:10.32743/26870142.2021.13.189.260958

RUS HARBIY ZOBITI I.VITKEVICH ESDALIKLARIDA BUXORO KARVONSAROYLARI TAVSIFI (XIX ASRNING 1-YARMI MANZARALARI)

 

Nasilloyev Sunnat Shavkat o’g’li

Buxoro davlat universiteti “Tarix va madaniy meros” fakulteti II-bosqich magistratura talabasi,

O’zbekiston, Buxoro

Choriyeva Malika Rashid qizi

Buxoro davlat universiteti “Tarix va madaniy meros” fakulteti 3-kurs talabasi,

O’zbekiston, Buxoro

 

ANNOTATSIYA

Buxoro qadimdan buyuk svilizatsiyalar kesishgan nuqtada, savdo-sotiq, tijorat, hamda tarixan boy bo’lgan xalqaro munosabatlar yo’nalishining chorrahasida joylashgan. Takomillashib borgan savdo-sotiq sohasida tashrif buyuruvchilarga xizmat ko’rsatish tizimi faoliyati yetarlicha yo’lga qo’yilgan. Biz rus tadqiqotchilari esdaliklarida ham karvonsaroylar xizmati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin.

 

Kalit so’zlar: Karvonsaroy, omborxona, Saroyi Nog’ay, Saroyi Poyi-Ostona, qul savdosi, mirshab, Tamaki karvonsaroyi, ta’qiqlar.

 

Tabiiyki I. Vitkevich Orenburg general gubernatori V.А.Perovskiyning ishonchli hodimi, hamda maxfiy ko’rsatmalarni juda tez va aniqlik bilan bajaruvchi harbiy zobit bo’lishi bilan birgalikda O’ta Osiyo, xususan Buxoro amirligiga oid qimmatli ma’lumotlarni o’rgangan rus dvoryan tadqiqotchisi hamdir. I. Vitkevich 1830- yil unter ofitser unvonini oladi, hamda 1833-yil apreldan V.А.Perovskiy tavsiyasiga koʼra praporshik lavozimiga tayinlanadi. Tadqiqotchi dastlab, Orenburg chegara komissiyasida tarjimon boʼlib ishlagan.1836-yilda Vitkevich, V .A.Perovskiyning katta adyutanti etib tayinlanadi. Diplomat rus hukumatining topshirigʼi bilan 1835-1836-yillarda Buxoroda boʼlgan.

Perovskiy Vitkevichning sayohatini juda yuqori baholab, uning xabarlarini Osiyo departamentiga joʼnatib, uni “ishbilarmon, uddaburon, oʼz ishini biladigan, amaliyotchi, muomala madaniyatini juda yaxshi biladigan kishi” sifatida tariflagan edi.Yozuvchi V.I.Dal Orenburg general-gubernatori maxsus topshiriqlar ofitseri Perovskiy koʼrsatmasi bilan Vitkevichning Buxoroga sayohati haqidagi hikoyalarini yozib olgan. Tarixchilardan V.G.Volovnikov va N.А.Xalfinlar Vitkevichning Buxoroga sayohatini juda yuqori baholashgan edilar…

Buxoroning koʼplab karvonsaroylari yagona reja asosida qurilgan. Ular katta kvadrat ikki qavatli binolar, ularning tashqi devorlarida shaharning deyarli barcha binolari kabi derazalar yoʼq. Birinchi qavat hovliga qaraganda chuqur poydevorga ega, ikkinchi qavatda savdogarlar, hunarmandlar va boshqa tashrif buyuruvchilar uchun yashash xonalari hamda omborxonalar mavjud. Shuningdek tashrif buyuruvchilar ba’zan bir vaqtning o’zida ikki karvonsaroyga joylashadilar. Buning asosiy sababi esa barcha karvonsaroylarda ham yashash sharoitining yuksak taraqqiy etmaganligidir. I. Vitkevich tadqiqotining natijalari ifodalangan esdaligida (Записки о Бухарском ханстве) Buxoroda 25 tacha ajoyib karvonsaraoylar mavjudligini qayd etgan. Yana bir rus tadqiqotchisi Xanikov esa Buxoroda 38 ta  mavjud bo’lib, ularning 24 tasi g’ishtin, 14 tasi – cho’pkori bo’lgan degan fikrni ilgani suradi. Ayni vaqtda biz I.V. Vitkevichning ba’zi karvonsaroylar haqidagi ma’lumotlariga e’tiborimizni qaratamiz. Tadqiqotchining fikricha Buxoro karvonsaroylari orasida Rajab bek-Devonbegi karvonsaroyi ajralib turadi. Bu to’rtburchak g’ishtin bino bitta darvozaga ega. Ushbu karvonsaroy uchta binodan iborat. Birinchi binoda otxona va bir nechta mayda xonalar mavjud. Ikkinchi binoda omborxona, uchinchisida esa eniga uch, bo’yiga besh qadamli hajmga ega yotoqxonalar joylashgan. Yotoqxonalarda choynak yoki qozonga mo’ljallangan o’choqlar mavjud. Yotoqxonlarning oylik haqqi 2-4 tanga. Omborxonalarning narxi esa 7-14 tanga. Otxonalar uchun esa aytarli pul to’lanmagan.

Ombor atrofidagi yo’llar kesishmasi anchagina tiqilinch. o'tish joyi va ko'cha uchun juda oz yo’l qoldirilgan. Mazkur yo’l shu qadar tor bo'lib, uning yonidan bir nechta kishi bir vaqtda o'tolmaydi. Karvonsaroyda eshiklar, shuningdek yog'ochdan yasalgan buyumlar nihoyatda yomon ahvolda. Ushbu Saroyda odatda Andijonliklar, turli joylardan kelgan turkistonliklar, ba'zan esa xivaliklar mavjud. Ushbu omborning yon tomonining uzunligi 25 sajen bo’lib, unda 300 ga yaqin turar-joylar (xonalar) mavjud.

Saroyi Ayoz - Rajab-Bek Karvonsaroyidan kattaroq, ammo eskirgan va nihoyatda tartibsiz. Bizning qochqin tatarlarimiz, hirotlik afg'onlar, buxorolik valyuta ayirboshlovchilari - unga joylashib olganlar. Taniqli Astraxanlik arman Martin Egorov Berxudarov ham shu yerda yashaydi. Berxudarov xonasiga yorug'lik kirishi uchun eshigiga 4 ta deraza o’rnatdi, bu shunday mo'jiza ediki butun shahar bu rangli shisha derazalarni ko’rish uchun kela boshlashdi, oxir-oqibat Berxudarov ularni qog'oz bilan almashtirishga majbur bo'ldi.

Saroyi Ayoz - boshqa binolar (karvonsaroylar) bilan bir xil bino, faqat bitta yoki ikkitasi bundan mustasno. Ushbu karvonsaroy binolarining qismlari ozmi-ko'pmi qulab tushmoqda, umuman olganda biroz ta’mirtalab. Mening mamlakatimdagi hech bir boy, savdogar yoki obro'li kishilar joylashtiriladigan bunday betartib va jihozlanmagan xonada yashashga rozi bo'lmaydi, Ular yaxshiroq yashashlari mumkinligiga shubha qilmaydilar.

Saroyi Nog’ay juda xarob va yomon, u yerda yashash qiyin. Istisnosiz u yerda faqat tatarlar (qochoqlar) yashaydilar, ular taxminan 1000 kishiga yaqin, har bir xonada 6-8 kishidan istiqomat qilishadi va kunning ko'p qismini ochiq havoda, o'tkazishadi. Rossiyadan kelayotgan tatarlar shu yerda to'xtashadi, bunday mehmonning hamyurtlaridan biri u uchun xonasini tozalaydi, xizmat qiladi va buning uchun arzimagan haq oladi.

Saroy Tambaku (Tamaki karvonsaroyi), unda tamaki sotilishi sababli shu nom berilgan. Tamaki Buxoroning barcha joyida ekiladi, Qarshi tamakisi esa chekuvchi uchun eng yaxshisi hisoblanadi. Keng tarqalgani nos yoki nosvoy deb nomlanadi. Ajablanarlisi shundaki, chekish va hidlash qat'iyan man etilgan, ammo tamaki va boshqa shu kabilarni sotish man etilmagan. Deyarli hamma chekadi, ular ham juda ko'p hidlashadi, ammo bularning barchasi sirdir. Tamaki saroyi (karvonsaroyi) yog'ochdan ishlangan rus mehmonxonasi singari qurilgan. Barcha yerda faqat yog’och ashyolarini ko’rish mumkin va yorug'lik faqat darvoza orqali kiradi. Xonalari soni anchagina kam bo’lib, olti xonadan ortiq emas.

Saroyi Xoja nomli ikkita karvonsaroy mavjud, ularning egalari aslzodalardan, ya'ni xonning qarindoshlari, ulardan biri hozir Orenburgda yashaydi. Xon bu saroylarni o'ziniki deb e'lon qildi. Faqatgina hindular bitta uyda yashaydilar. Ular yaxshi deya ta’kidlashadi, lekin xona juda eskirgan va eng yomon, tartibsiz holatda. Ushbu omborning hojatxonasi yuqori qavatning tekis tomi hisoblanadi.

Saroyi Paxta (Paxta karvonsaroyi) – asosan paxta qog'ozi va mahsulotlari bilan savdo qilinadi. Karvonsaroy kichkina va ozodalikka rioya etilmaydi, paxta qog'ozi to'plari tepadan pastga qadar barcha joyda to'plangan. Qishloq aholisining o'zi bu mollarni qishloqlardan olib kelmaydi, lekin savdogarlar qishloqlarga, bozor kunlarida sayohat qilib, qog'oz sotib olib, bu yerga to’playdilar.

Saroyi Boy afg'on Badriddin (Badriddinxon karonsaroyi) yangi, yaxshi, kichik emas. Afg'onlarning aksariyati savdo ishlari bilan keladi va bu yerda to’xtaydi. Ushbu savdogarning Buxoroda xotinlari va uyi bor. U har yili Kobulga 100 ta eng yaxshi otlarni va ko'plab rus tovarlarini eksport qiladi.

Saroyi Mirza-cho’lda afg'onistonning Logani va vayron bo'lgan Mavra shahri aholisi ham bor. Ombor eski va yomon.

Saroyi Kushbegi (Kushbegi karvonsaroyi), kichkina, ammo yaxshi holatda. Qushbegi o'zi ko'p vaqtini shu yerda, maxsus xonada o'tkazadi. Forslarning aksariyati to'xtaydi.

Saroyi Urgyanj (Urganj karvonsaroyi)ning har uchchala saroyi barcha xivaliklar tomonidan egallangan, ular Xiva kiyimlarini Buxoroga olib kelishadi, bu ko'chmanchi xalqlar ushbu kiyimlarni Buxoro liboslaridan afzal ko'rishadi.

Saroyi Fil-Xona (Fil-Xona karvonsaroyi) ning yuqori qismida qochoq tatarlar va poyabzal tikuvchi (kavushdo’z)lar, pastida esa toshkentliklar hamda qo'qonliklar yashaydi.

Saroyi Amir (Amir karvonsaroyi). Karvonsaroy qorong'i hamda tor bo’lib, faqat omborxona sifatida xizmat qiladi. Amirning boshqa karvonsaroyi ham bo’lib, unda qorako'l terilari sotiladi.

Saroyi Abdullajon. Buxorodagi eng kata karvonsaroylardan biri bo’lib, Koshmirlik afg'onlar yuqori qavatda, buxoroliklar esa pastki qavatda yashaydilar.

Saroyi Qarshi (Qarshi karvonsaroyi)da asosan Qarshi tamakisi savdosi qizg’in. Shuningdek, unda hind va buxorolik qo'y terisi bilan savdo qiluvchi savdogarlar yashaydi. Havo iliq bo’lgan vaqtda qo’y terilarini sotish anchagina qiyin.

Saroyi Barra Domulla-Sher (Domulla-Sher karvonsaroyi)da choy bilan savdo qiluvchi Qo'qon hamda Toshkent savdogarlari joylashgan.

Eski va yangi Saroyi Ismoil-xoja. Ismoil-xoja nomli ikkita karvonsaroy mavjud bo’lib, birinchisi (eski)da turkmanlar va umuman ko’p hollarda ot va tuyalardan foydalanadigan odamlar joylashgan, chunki u yerda otxonalar juda kengdir. Ikkinchi (yangi)sida esa buxorolik savdogarlar, yuqori qismida no‘g‘aylar, hamda qochoq tatarlar mavjud.

Saroyi Alyam (Alyam karvonsaroyi)da asosan buxoroliklar yashaydigan va savdo-sotiq bilan karvonsaroydir.

Saroyi Poyi-Ostona (Poyi-Ostona karonsaroyi)da asosan qul savdosi bilan shug’ullanayotgan Qunduzlik savdogar (qulfurushlar) joylashgan. Ushbu qullarni asosan, g'azorlar, kaferlar, chatrarlar (G'azor, kafe, chatrar ..." Ba'zi millatlarning buzilgan nomlari - xazarlar yoki xazaraslar (Markaziy Afg'oniston), kofirlar (Afg'onistonning shimoliy-sharqidagi Kofiriston; amir Abdurahmon Xon tomonidan bosib olingandan keyin, 1895- yilda Nuriston), Chitral yoki Chatrara (Shimoliy Hindiston)), badaxshonliklar, inyuglar, ruslar, hirotiy (hirotlik)lar hamda forslar tashkil etadi. Qurʼon sunnati qullarni sotish va sotib olishni taqiqlaydi, lekin savdogarlar qonunni chetlab oʼtib, ochkoʼzliklarini qondirishadi. Sotilishi kerak boʼlgan baxtsiz, yomon muomalaga duchor boʼladi va hatto guvohlar huzurida oʼzini Qizilbosh (fors, shia) deb tan olmaguncha har qanday oziq-ovqatni yoʼqotadi. Eʼtirof etilgandan soʼng, qonunni buzmasdan savdo bitimi tuziladi. Qunduzning hozirgi egasi Amir Muhammad Murodbek doimiy ravishda atrofdagi xalqlarga bosqin uyushtiradi va ularni asirlikka oladi. Savdogarlar esa ular (qullar)ni Buxoroga olib keladi. Ushbu karvonsaroylarning mijozlari shaharda odatiy koʼrinadigan baʼzi imtiyozlarga ega emaslar.  Karvonsaroyda har qanday oʼyin-kulgilar taqiqlangan va mirshablar tomonidan kaltaklanish xavfi boʼlganligidan oʼynash, kulish, chekish mumkin emas. Lekin ushbu qonun har doim ham amalda emas. Hindlar, afgʼonlar bir soʼz bilan aytganda, barcha xorijliklar karvonsaroylarda chekishadi, lekin buxariylar bu yerda ham zavq olishga jurʼat etmaydilar. Ular oʼz vatandoshlari oldida, chet elliklarga qaraganda koʼproq ehtiyot boʼlishadi. Lekin bu oʼzbek zodagonlari va ularning xizmatidagi odamlarga taalluqli emas. Mirshablar ularning oʼz uylarida sodir boʼlayotgan narsalarga aralashishga jurʼat eta olishmaydi.    

 

Adabiyotlar ro’yxati:

  1.  Записки о Бухарском ханстве (Отчеты П.И.Демезона и   И.В.Виткевича). М.: Наука. 1983.
  2. Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.; Наука, 1975.
  3. Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX в.). М., Наука. 1974..
  4. Ханыков Н.В. «Описание Бухарского ханства», СПб, 1843.
  5. Бoрнс А. Путешествие в Бухару. Ч.1. М., 1848.