MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI TEJAMKORLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARBIYACHINING O‘RNI

Опубликовано в журнале: Научный журнал «Интернаука» № 28(204)
Рубрика журнала: 11. Педагогика
DOI статьи: 10.32743/26870142.2021.28.204.296939
Библиографическое описание
Azimova M.O. MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI TEJAMKORLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARBIYACHINING O‘RNI // Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 28(204). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/204 (дата обращения: 22.12.2024). DOI:10.32743/26870142.2021.28.204.296939

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI TEJAMKORLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARBIYACHINING O‘RNI

Azimova Musharraf O‘tkirovna

Navoiy davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi,

O'zbekiston, Navoiy

 

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish va ularni tejamkorlikka o‘rgatish uchun nimalarga e'tibor berish kerakligi, yosh avlodni maktabgacha yoshidan boshlab moddiy ne’matlarning qadriga yetishga, ulardan tejab-tergab foydalanishga o‘rgatish masalalari keltirilgan.

ABSTRACT

This article discusses the issues of economic education of preschoolers and what to pay attention to in order to teach them thrift, how to teach the younger generation from preschool age to appreciate material goods, to use them carefully.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются вопросы экономического воспитания дошкольников и на что обратить внимание, чтобы научить их бережливости, как научить подрастающее поколение с дошкольного возраста ценить материальные блага, бережно ими пользоваться.

 

Tayanch so‘zlar: tejamkor, ishbilarmon, uddaburon, sabr-qanoatli, ehtiyotkorlik, iqtisodiy tarbiya, moddiy ne’matlar.

Keywords: economical, businesslike, resourceful, patient, attentive, economic education, material benefits.

Ключевые слова: экономный, деловой, находчивый, терпеливый, внимательный, экономические воспитание, материальные блага.     

 

Maktabgacha ta‘lim tashkiloti (MTT) tarbiyachilarini bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni beqiyosdir. Chunki bola deyarli har bir kunining asosiy vaqtini MTTda o‘tkazadi. Yana shuni ham aytib o‘tish joizki, Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat tarbiyachi shaxsi shakllanishida uning ijodkor bo‘lishi uchun zamin yaratmoqda.

Shunday ekan, bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy faol va ijodkor shaxsni shakllantirish va tayyorlash hayotiy zaruratdir. Shuni ham aytish joizki, bolaga iqtisodiy tarbiya berish masalasi qadim-qadimdan pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan. O‘tmishimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ota-bobolarimiz Buyuk ipak yo‘lini kashf etish orqali savdo-sotiqni, mol ayirboshlashni yo‘lga qo‘yganlar. Bu tufayli esa ishlab chiqarishni rivojlantirish, moddiy farovonliklarini oshirish, fan adabiyot, madaniyat sohasidagi yangiliklardan bahramand bo‘lishga erishganlar [17].

MTTda tarbiyachi tomonidan  olib boriladigan mashg’ulotlar har bir bolaning ruhiyatiga alohida ta’sir ko‘rsatadi.

Doimiy ravishda pul yetmay qolishi, ko‘pgina oilalarda urush-janjalga sabab bo‘ladi. ular pulni keragi bilan harajat qilishni bilmaydilar. Pulni hisob-kitob bilan harajat qilish haqida tarbiyalanuvchilarga bir topishmoq aytish mumkin:

«Ota o‘g‘liga chaqa pul berib:

O‘zimizga, sigirimizga, tovuqlarimizga yegulik biror narsa xarid qil, -dedi. O‘g‘li bozorga bordi, o‘ylab-o‘ylab bir narsa xarid qilib keldi. Bundan ota xursand bo‘ldi. O‘g‘il nima sotib olgan edi?» Qovun.

Ayrim bolalar ota-onalarininng oylik daromadlari qancha ekanligini bilmagani uchun ba’zi qimmatbaho narsa olib berishni talab qilib turib oladi. Oylik daromadni bilganda u bunday qilmasdi. Shuning uchun Makarenko bolani oila xo‘jaligini yuritish ishlaridan xabardor qilib turish kerakligini uqtirgan edi.[1]

Agar oila yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, bu haqda bolaning o‘rtoqlariga maqtanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Oila o‘z ehtiyojlarini qiyinchilik bilan (ma’lum bir sabablarga ko‘ra) qolayotgan bo‘lsa, shunday qilish kerakki, bola boshqalarga hasad bilan qaramasin. Bola mehnatsiz keladigan daromaddan ko‘ra, qiyinchilik bilan, mehnat bilan oila hayoti yaxshilanishidan faxrlansin. Agar oilada pul mablag‘lari to‘g‘ri sarflansa, bu oiladagi bola bosiq, tejamkor, pulning qadrini biladigan bo‘lib ulg‘ayadi.

Shunaqa oilalar borki, oylik olishi bilan bolalarga shirinliklar, o‘yinchoqlar sovg‘a qilinadi-yu, keyin tang holga tushib qolishadi. Bunday oilalardagi bolalar pul va buyumlarning qadriga yetmaydi, borgan sari katta talablar qo‘ya boshlaydi. Ota-ona qiyinchilik bilan bo‘lsa-da bolaning xarxashasidan qutilish uchun aytgan narsasini olib beradi. Bundan bolada boqimandalik kayfiyati, isrofgarchilik odati, xudbinlik paydo bo‘ladi. U haqiqiy yurt fuqarosi, mehnatkashi bo‘la olmaydi. Bundan bolaga umaman sovg‘a bermaslik kerak, degan ma’no chiqmaydi, sovg‘a bolaga katta xursandchilik baxsh etadi va sovg‘a kutadi! Puxta o‘ylab qilingan sovg‘aning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘ladi.

Ota-bobolarimizning o‘z farzandlarini tejamkor bo‘lishga undaganlarini xalq og‘zaki ijodi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzusi xalq maqollarida ham o‘z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o‘tib, xalqning dilida saqlanib kelgan. Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida ko‘pgina sinovlardan o‘tib shakllanadi va chuqur ma’no kasb etadi. Mana ularning ayrimlari: «Tejagan-birga birni qo‘shar, tejamagan birini ham boy berar», «Pul topish uchun kuch-quvvat kerak, tejash uchun-fahmu-farosat», «O‘zingnikini bir bor tejasang, xalqnikini ming bor teja», «Tejamligu rasomadlik-aka-uka, to‘g‘riligu halollik-opa-singil», «Tejamkor-olqish olar, isrofgar koyishga qolar» va hokazo.2

Hattoki, ota-onalarimiz tejamkorlik ruhida tarbiyalash vazifasiga farzandlarining baxtli-saodatli bo‘lishning bir sharti, axloqiy tarbiyaning bir ko‘rinishi sifatida qaraganlar.

Bozor iqtisodiyotining maqsadi jamiyatning barcha a’zolarini, jumladan, ota-onalarni, ularning farzandlarini amaliy hisob-kitobga va oqilona omilkorlikka o‘rgatishdan iborat. Zotan, pul ham shaxsni tarbiyalaydi. Uni mensimaslik ikki tomonlama xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Uning bir tomoni, bolani oilaning moddiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati paydo bo‘ladi va u tekinxo‘rlikka o‘rganadi. Ikkinchi tomoni, pulga xirs qo‘yish, ochko‘zlik, xudbinlik, xasislik kabi illatlarni keltirib chiqaradi.

Ko‘pincha ota-onalar bolalarining hamma narsani muhayyo bo‘lishi, ya’ni yaxshi yeb-ichishi, yaxshi kiyinishi, katta bo‘lganda uy-joyli bo‘lishi haqida o‘ylaydilar. Bularning hammasini farzandlariga cheksiz mehribonliklaridan va ularni behad sevganliklaridan qiladilar. Bolalarini deb o‘zlarining eng zarur ehtiyojlarini qondirishni ham chetga surib qo‘yyadilar, lekin buni bola esiga ham keltirmaydi va hatto sekin-asta o‘zini hammadan ortiq, mening istagim ota-onam uchun qonun, deb o‘ylashga odatlanadi.

Bu tarbiyaning noto‘g‘ri va zararli yo‘li bo‘lib, bundan ota-onalarning o‘zlari ko‘proq zahmat chekadilar. Bizningcha, ota-onalar o‘z farzandlarini mehnatsevar va tejamkor qilib tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishlari kerak.

Bola o‘z ota onasining qaerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, bu ishlab-chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak.

Umuman, bola ota-onasi ishlab, topib keltiradigan daromadning katta va foydali ijtimoiy mehnat evaziga olinadigan ish haqi ekanini mumkin qadar ertaroq yaxshi tushunishi lozim.

 

Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Sh.Mirziyoyevning “2017-2021 yillarda maktabgacha    ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g’risida’’gi qarori 2016-yil 29-dekabr
  2. “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan  takomillashtirish chora   tadbirlari to‘g’risida’’gi qarori 2017 yil 9 sentyabr.
  3. O`zbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalish bo`yicha Harakatlar strategiyasi. 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli farmoni.
  4. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat.– T.: O‘zbekiston, 2006
  5. I.A.Karimov Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008
  6. 6.“Ilk qadam’’ Davlat o‘quv dasturi. ‒ Toshkent, 2018.  
  7. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan Davlat talablari. T.: 2018.
  8. “Iqtisod alifbosi”. Toshkent, 1996 yil.
  9. ”Bolalar bog’chasida ilk iqtisodiy ta’lim-tarbiya dasturi”. Mualliflar: F. Sobirova, A. Toshqo‘zieva. Toshkent, 1996 yil.
  10. Xaydarova Shaxlo Narzullaevna. Pedagogical Approach To The Preparation The Children Of  The  Orphanage  For  Family  Life.  The  American  Journal  of  Social  Science  and  Education Innovations, 2021. 3(02), 23-27-с.
  11. Давлатова Р.Ҳ. МАТН ДЕЙКСИСИ ВА УНИНГ ЎЗБЕК ТИЛИДА ИФОДАЛАНИШИ. // СОСТОЯНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, НОВЫЕ ПАРАДИГМЫ ИССЛЕДОВАНИЙ. 2019. -С. 49.
  12. Ermatova Gulnoz Pirimovna 2020. INNOVATIVE EXEMPLARY ABILITIES OF AMIR TEMUR IN THE ORGANIZATIONAL ABILITIES OF YOUTH FORMATION. European Scholar Journal. 1, 4 (Dec. 2020), 12-14.
  13. Jabborova D. Object and subject of educational technology. // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. (EJRRES) – Great Britian, 2019. – Vol.7. No.12. – P.158-160. (13.00.00. №1).
  14. Утамуродова Ш.М. ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЮ ТЕАТРАЛЬНОГО ИСКУССТВА. Colloquium-journal, 52-54  2020
  15. Азимова М. Педагогические основы использования различных народных культур в воспитании дошкольников. European science, 2020. 2-2 (51)
  16. Азимова М.У.ФОРМИРОВАНИЕ МАТЕМАТИЧЕСКИХ ПОНЯТИЙ У ДЕТЕЙ 6-7 ЛЕТ ПОСРЕДСТВОМ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР. PEDAGOGICAL SCIENCES / «Colloquium-journal» #11(98), 2021. 44-48
  17. «Iqtisodiy tarbiyani erta boshlash kerak», N. Erkaboeva, «Boshlaig’ich ta’lim jurnali», № 3, 2000 yil.