JAMOANI SHAKLLANTIRISHDA BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QITUVCHISINING O’RNI

Опубликовано в журнале: Научный журнал «Интернаука» № 32(208)
Рубрика журнала: 11. Педагогика
DOI статьи: 10.32743/26870142.2021.32.208.299862
Библиографическое описание
Tursunova N.A. JAMOANI SHAKLLANTIRISHDA BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QITUVCHISINING O’RNI // Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 32(208). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/208 (дата обращения: 22.12.2024). DOI:10.32743/26870142.2021.32.208.299862

JAMOANI SHAKLLANTIRISHDA BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QITUVCHISINING O’RNI

Tursunova Nasiba Alisher qizi

Toshkent shahridagi YODJU texnika instituti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi,

O'zbekiston, Toshkent

 

Bugungi kunda ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsining komil shaxs va yetuk ishbilarmon kadr bo’lib shakllanishida jamoaning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.

Jamoa so’zi lotincha ,,kollektivus”so’zining tarjimasi bo’lib ,,yig’ilma, omma ,birgalikdagi majlis,birlashma,guruh”degan ma’nolarni anglatadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, jamoa bu- kishilardan iborat guruh demakdir.[1]

XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining ,,Tadbiri manzil” nomli ilmiy asarining maxsus ,,Amuzish va parvarish modrasas farzand”( Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash) bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish tizimining mohiyati haqida bilimlar berilgan.

XV asrda jamoali o’qitishni tashkil etish g’oyasini Muhammad Tarag’ay Ulug’bek davom ettiradi. Mutaffakkir o’zining madrasalarida individual mashg’ulotlar tizimini bekor qiladi va jamoa sinf-dars tizimiga yaqin bo’lgan shaklni joriy qiladi.

XV va XVI asrlar davomida, Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi. Ushbu o’zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviy shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi.. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go’yoki ,,eshik”hisoblanadi.

Jamoani shakllantirish yuzasidan ilmiy asarlarni ishlab chiqishga A.Disterverg ham kata hissa qo’shgan. Disterverg o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga taaluqli o’qitish tamoyillari va qoidalar tizimini ishlab chiqdi, o’quvchilarning yosh imkoniyatlarini hisobga olishning zarurligini asoslab berdi.[2]

Abu Nasr Farobiynnig uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bo’lish,ularning yordami va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetkazadi., deb hisoblaydi.

Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o’zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixohlik uning ijtimoiy muhitidagi roli va o’rnini belgilab beradi.

Pedagog sifatida o’quvchilarimiz orasida jamoani shakllantirmoqchi ekanmiz, albatta jamoaning o’ziga yarasha xususiyatlarini ham o’rganishimiz joiz.

 

Rasm 1.

 

Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi sifatida jamoani shakllantirihning o’ziga xos bosqichlari mavjud. Bolalar jamoasining shakllanishining 4 bosqichi mavjud. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o’qituvchi butun guruhga talab qo’yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Albatta talab bugungi kundan kelib chiqqanligi, zamonaviy ruhda bunyod bo’lgani, qadriyatlarga amal qilingani, o’gitlar zamirida shakllangani, shaxsni rivojlanishiga tom ma’noda ijobiy ta’sir ko’rsatishi talabning mohiyatini ochib beradi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Jarayon mohiyatini quyidagicha bayon etish mumkin:

Endi bariga to’xtalib, xulosalab olsak. Demak, birinchi bosqichda talab faqat o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu boshlang’ich nuqta. Bunda hali jamoa shakllanmay, tashkil etiluvchi birlik hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan qo’yilgan talablarga e’tiborsiz qaraydilar.

Jamoa a’zolarining o’zaro birlashishi va yagona maqsad yo’lidagi harakati orqali jamoa shakllanadi.

 

Rasm 2.

 

Yuqori malakali pedagogning asosiy maqsadi jamoani qaror toptirishdan iborat bo’lmay, aksincha faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni oldindan rejalashtirish, jamoa a’zolarida ma’suliyat, javobgarlik,faoliyat birligi, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishi, jamoa faoliaytiga nisbatan qiziqishni uyg’otishdan iborat bo’lmog’i darkor. Biroq yetarlicha malakaga ega bo’lmgan kadrning bu bosqichdagi asosiy maqsadi oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi. Bu bosqichda talab va maqsad bilan bir qatorda jamoa faoli(aktivi) aniqlanishi darkor. Jamoa faollari shunday a’zolarki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi talabi va taklifiga xayrihohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Ular o’qituvchining yaqin yordamchisi sifatida faoliyat yuritadilar.

Jamoani shakllantirishning ikkinchi bosqichida jamoa faolining o’qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan ifodalandi. Endilikda o’qituvchi tomonidan jamoa shakllangan va endigi navbatda pedagog jamoada paydo bo’lgan va u bilan aloqador muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy va amaliy ishlar olib borib bu ishga uni jalb etadi. Bu bosqichda jarayon biroz murakkablashib boradi, ya’ni jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’ta boshlaydi.Bu bosqichda tadbirlar o’tkazishga tayyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamaoa xususiyatlarining ijobiy o’sishiga yordam beradi. Jamoada mustaqil faoliayatning yuzaga kelishida jamoa faolining ahamiyati katta. Shu o’rinda A.S.Makarenko shunday degan edi:,, Jamoa faoli bu-jamoa vijdoni”. To’g’ri  jamoa  faoli bir qancha imtiyozlarga ega bo’lishi bilan birga, unnig zimasida vazifalar ham o’z o’rniga egadir.

Jamoani rivojlantirishning uchinchi bosqichi anchagina sermahsul bosqich. A.S. Makarenko fikriga qarab tashxis qiladigan bo’lsak, bu bosqichda jamoa faol bo’lmaganlar bilan ishlaydi, ya’ni ,,ayrim o’zini chetga olib qochuvchi,injiq shaxslar”ga talab qo’ya boshlaydi. Bu bosqichda ijtimoiy fikr muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi aniq maqsad yo’lidagi harakatlarini izchil olib borsagina ijtimoiy fikrga erishishi mumkin. Shu maqsadda tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti-harakati jamoa bo’lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi,o’quvchilar o’rtasida samarali ommaviy axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy,axloqiy,estetik,ekologik,huquqiy,iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ’iboti tashkil qilinadi. O’qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, ularda ijodiy mahoratni shakllantirish uchun samarali metod va uslublardan foydalanadi. Jamoani shakllantirishning uchinchi bosqichi haqidagi ko’rsatkichlardan xulosa qilinadigan bo’lsa,pedagog  faqatgina jamoa faoligagina talab qo’ymasdan, aksincha jamoaning barcha a’zolariga axloqiy mazmundagi talabni qo’ya boshlaydi.

Jamoani shakllantirishning to’rtinchi bosqichida jamoaning barcha a’zolari jamoaning vazifalaridan kelib chiqqan holda o’z-o’ziga maqsad qo’ya boshlaydi. Bu bosqichda jamoaning hayoti va faoliyati har biz a’zosi uchun ehtiyojga aylanib boradi. To’rtinchi bosqichdagi amalga oshiriladigan vazifalar ancha mururakkab va mas’uliyatlidir.

L.I.Nikova va boshqa bugungi kundagi zamonaviy olimlar bolalar jamoasining rivojlanish jarayonini muhokama qilar ekanlar,uni quyidagi guruhlarga bo’ladilar:

  • Jamoani dastlabki jipslashtirish;
  • Jamaoni shakllantirish jarayonida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish;
  • Jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish [3]

Bu 3 guruh biz yuqorida sanagan jamoani shakllantirishning 4 bosqichidan tubdan farq qilmaydi, aksincha yaxlit tizimi deb qarash o’rinli hisoblanadi.

A.S.Makarenko jamao a’zolarining ichki xususiyatlariga alohida e’tibor bergan. Biz boshlang’ich sinf o’qituvchisi ekanmiz, jamaoni shakllantirayotganda jamoa a’zolarining ichki holatiga, ruhiyatiga ham alohida qarashimiz darkor. Makarenko quyidagi eng muhim belgilarni sanab o’tgan edi:

  1. Major-doimiy tetiklik,o’quvchilarning faoliyatga tayyorligi;
  2. Jamoa a’zolari o’rtasida do’stona birlik
  3. Jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do’stona birlik
  4. Tarbiyali,ishchan harakatga yo’llovchi faollik;
  5. O’z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish,uning uchun g’ururlansih asnosida qadr-qimmatini anglash;
  6. Hissiyotni boshqara olish,muloqot odobiga amal qilish ko’nikmasi. [4]

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jamoani shakllanishida boshlangích ta’lim o’qituvchisining o’rni katta.  Zero, pedagog jamoani shakllantirishni ijobiy yo’naltirsa jamoa o’z samarasini beradi, samarali tashkillashtirmasa, jamaonining rivojlanishidan ko’ra tanazuli muqarrar bo’lib qolish ehtimoli yuzaga keladi. Albatta, pedagog o’z jamoasini shakllantirar ekan yetarlicha bilim va amaliyotga ega bo’lishi darkor. Pedagogika, psixologiya, bobokalonlarning fikrlari, yuqori malakali kadrlardan maslahatlar, jamoa prinsiplari yoritilgan ilmiy maqolalar, chet el mamlakatlarinnig samarali usullari jamoani shakklantirishda pedagogga ulkan yordamchi vazifasini bajaradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  1. hhtps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jamoa
  2. Pedagogika nazariyasi va tarixi.(1qism). M.X.To’xtaxodjayeva. Toshkent-2010
  3. Pedagogika nazariyasi va tarixi.(1qism). M.X.To’xtaxodjayeva. Toshkent-2010
  4. Pedagogika nazariyasi va tarixi.(1qism). M.X.To’xtaxodjayeva. Toshkent-2010