O’RTA OSIYO ILK TEMIR ASRIGA O’TISH DAVRI MODDIY MANBALARIDA SHAHARSOZLIK MADANIYATINI AKS ETISHI
O’RTA OSIYO ILK TEMIR ASRIGA O’TISH DAVRI MODDIY MANBALARIDA SHAHARSOZLIK MADANIYATINI AKS ETISHI
Rahmatova Feruza Qudrat qizi
Namangan davlat universiteti talabasi,
O'zbekiston, Namangan
REFLECTION OF URBAN CULTURE IN MATERIAL SOURCES OF CENTRAL ASIA'S EARLY IRON AGE
Rakhmatova Feruza Kudrat kizi
Student of Namangan State University,
Uzbekistan, Namangan
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O’rta Osiyoning ilk temir davriga o’tish jarayonlari, hududlardagi moddiy, madaniy va ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ta’siri, temir davridagi hunarmandchilikning shakllanishi va rivojlanishi, moddiy manbalarning shaharsozlik madaniyatiga ta’siri bayon etilgan.
ABSTRACT
This article describes the process of transition of Central Asia to the Early Iron Age, the impact of various aspects of material, cultural and social life in the regions, the formation and development of Iron Age crafts, the impact of material resources on urban culture.
Kalit so’zlar: shahar, davlat, temir asri, hunarmandchilik, moddiy ashyolar, manzilgoh.
Keywords: city, state, Iron Age, handicrafts, materials, address.
So’nggi yillarda ilk temir asri shaharlari tarixi va madaniyati bo’yicha anchagina ishlar qilingan bo’lishiga qaramay bu masalada shaharlar shakllanishining o’ziga hos hususiyatlari, yirik manzilgohlar evolyusiyasi hamda yirik markazlar va qishloqlar o’rtasidagi munosabatlar tahlili masalalari yetarlicha to’liq o’rganilmagan. Bu holat ayrim ko’hna shaharlar atrofidagi manzilgohlar saqlanmaganligi yoki ular, qalin madaniy qatlamlar ostida qolib ketganligi bilan izohlanadi.
Mil. avv. II ming yillikning oxiri-1 ming yillikning birinchi yarmiga kelib O’rta Osiyo hududlarida moddiy, madaniy va ijtimoiy hayotning turli tomonlarini qamrab oluvchi muhim o’zgarishlar bo’lib o’tadi. Bu davrning eng muhim o’zgarishlaridan biri - temirdan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi va asta-sekinlik bilan keng hududlarga yoyilishi bo’lib, bu yangi tarixiy davr ilk temir asri deb yuritiladi. Metallurgiya sohasida temirchshshkning rivojlanishi jamiyatning keyingi taraqqiyoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratdiki, bu jarayon O’rta Osiyo sharoitida mulkiy tabaqalanish va ilk davlatlarning paydo bo’lishini yanada jadallashtirdi.
O’rta Osiyoning janubiy hududlaridagi mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid nisbatan yaxshiroq o’rganilgan va ayrimlari o’zida shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi yodgorliklarga Shimoliy Parfiyadagi Ulkentepa va Ulug’tepa, Marg’iyonadagi Yozdepa, Janubiy Baqtriyadagi Tillatepa, Shimoliy Baqtriyadagi Kuchuktepa, Qiziltepa kiradi.
Mil.avv. IX-VIII asrlardan boshlab, ko’chmanchi-chorvador qabilalarning markaziy va janubiy vohalarga jadallik bilan siljishi bo’lib o’tganidan keyin, nisbatan yaxshiroq natija beradigan temir qurollar ishlatilishi asosida o’troq dehqonchilik hududlarida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik vohalari, dasht hududlarda esa ko’chmanchi chorvachilik shakllandi. Shahar madaniyati rivojlanishining yangi bosqichiga kiruvchi bunday qadimgi markazlarga Kopetdog’ tog’ oldi hududlari ham kiradi. Haqiqagan ham, o’tgan asrning 30-yilarida janubi-sharqiy Kopetdog’ tekisligida, Koushub temir yo’l stansiyasidan 1,5 km janubi-sharqda, Namozgohtepa yaqinida shahar ko’rinishidagi Ulkendepa xarobalari ochib o’rganilgan. Mil.avv. II ming yillik oxirlaridan -I ming yillik o’rtalariga qadar mavjud bo’lgan bu qo’hna shahar, tadqiqotchilar tomonidan nafaqat Janubi-Sharqiy, balki, Markaziy Kopetdog’ xududlaridagi eng qadimgi markaz sifatida e’tirof etilgan. Ulkendepa rejaviy jihatdan qo’p burchakli qal’aga ega bo’lib, bu istehkom boshqa qurilishlardan ancha baland (20 m)da bunyod etilgan. Ko’hna shaharning o’zi 500x290 metr hajmida bo’lib, minoralari bo’lmagan mustahkam devor bilan o’rab olingan. Mudofaa devorining asoslari 40 metrgacha, balandligi esa 5 metrdan 10 metrgacha. Devor atrofi chuqur xandaq bilan o’ralgan. Ko’hna shahar atrofida o’z vaqtida qishloq qo’rg’onlari va oddiy aholining turar-joylari bo’lgan tepaliklar saqlanib qolgan. Ulkendepaning sopol majmualari mil. avv. I ming yillik boshlariga oid Yoz II majmualari bilan o’xshashlik topadi.
Ilk temir davrining yirik yodgorliklaridan biri Surxondaryo viloyati, Sho’rchi tumanida joylashgan Qiziltepa ko’hna shahri bo’lib, bu yerda 1970-1971 yillardan boshlab uzoq yillar tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Qiziltepa ko’hna shahri mil avv. X-U asrlarda mavjud bo’lib, ko’pqatlamli yodgorlik hisoblanadi. Qiziltepada keng ko’lamli qazishmalar o’tkazilishi natijasida aniqlangan arxeologik majmualar mil.avv.USh-U1 asrlarda Qiziltepa hududlaridagi yirik mustahkam markaz o’rnida maydoni 22 ga bo’lgan, paydo bo’lgan yoki shakllanayotgan shahar mavjud bo’lganligini ko’rsatdi. Qiziltepa atrofidan o’ndan ziyod kichik manzilgohlar guruhi aniqlangan bo’lib, A.Sagdullayev uni Qizilcha deb nomladi va u Qiziltepaning qishloq xo’jalik atroflarini tashkil etgan. [1]
So’nggi 10 yilliklarda olingan ko’p sonli arxeologik ma’lumotlar Baqtriya hududlarida mil.avv.VII-VI asrlar ishlab chiqarish kuchlari va jamiyatning boshlang’ich yacheykasi bir necha kichik jamoalardan tashkil topgan uy jamoalari bo’lganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bu yerdagi turli manzilgohlarda turli ko’rinishlardagi qurilishlar mavjud edi. Misol uchun, shakllanayotgan shahar ko’rinishidagi yirik markaz bo’lgan Qiziltepaning mahobatli qal’asi mustahkam devorlar bilan o’rab olingan bo’lib, mudofaa maqsadida bunyod etilgan. Bunga o’xshash aniq maqsadlarni ko’zlab inshootlar bunyod etish aniq shaxslar tomonidan nazorat qilingan va rag’batlantirilib turilganligi shubhasizdir. «Avesto»dagi «dahyupati»-viloyat hokimi, yoki «sastar»-harbiy boshliq mana shunday shaxs bo’lishi mumkin edi. Ular qatorida Qiziltepa hukmdori nafaqat, Mirshodi vohasi balki, butun Surxon havzasi hududlarini boshqargan bo’lishi mumkin. A.Sagdullayev bu taxminni Surxon vohasining boshqa hududlaridan shu davrga oid Qiziltepa kabi yirik va mustahkam himoyalangan, mahobatli qurilishlari bo’lgan, qo’shimcha mudofaa qurilishlari bilan himoyalangan madaniy-mafkuraviy va ijtimoiy-iqtisodiy markazlar topilmaganligi bilan izohdaydi.[2]
Bu davrga oid Shimoliy Baqtriyadagi yana bir yodgorlik uch qatorli devorlar halqasi bilan o’rab olingan, 4 metrli paxsa asosda qad ko’targan Kuchuktepa bo’lib, u katta va mustahkam inshootni o’zida aks ettiradi. Tadqiqotchilarning taxminlaricha, ikki qismdan (mustahkam qal’a va manzilgoh) iborat Kuchuktepa qo’rg’oni urug’ oqsoqollari vakillaridan biriga tegishli bo’lgan. Qo’rg’on tashqarisida alohida uylar joylashgan.
Ahmoniylargacha bo’lgan davrda Janubiy So’g’d hududlari ham o’troq dehqonchilik qabilalari tomonidan jadallik bilan o’zlashtiriladi. Ayrim tadqiqotchilar Janubiy So’g’d, Marg’iyona va Baqtriyaga hududiy jihatdan yaqin bo’lib, ular bilan bitta tarixiy-madaniy birlik-o’lkani tashkil etgan deb hisoblaydilar.
Boshqacharoq shakldagi shu davrga oid manzilgohlar Tojikistonning janubida o’rganilgan. Shulardan biri Ko’lob viloyatida, Hazratishoh tog’ oldi hududlarida joylashgan Karimberdi yodgorligi hisoblanadi. Atrof vohalardagi chorvador aholining markaziy shahri sifatida e’tirof etilayotgan ushbu yodgorlikdan devorlarning tosh poydevori, yodgorlik atrofidan esa hunarmandchilik ishlab chiqarishining izlari (tandir ko’rinishidagi xumdon) ochilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Karimberdi yodgorligi qurilish uslubi shu hududlarda mavjud bo’lgan tog’ oldi manzilgohlaridan ajralib zuradi. Manzilgoh sohiblarining asosiy mashg’uloti chorvachilik va lalmikor dehqonchilik hisoblangan.[3]
Yoz I ko’rinishidagi majmualarning moddiy madaniyati ko’p hollarda so’nggi bronza davri an’analarini davom ettiradi. Misol uchun, qurilishda g’ishtlarning avvalgi shakllari saqlanib qoladi. Ayrim hollarda qo’hna shaharlar tuzilishi va himoya inshootlari rivojlanishida ham umumiylik kuzatiladi. Bronza davridayoq Shimoliy Baqtriyaning yirik manzilgohlaridan biri bo’lgan Jarqo’tonda balandligi 1 metrdan 2 metrgacha bo’lgan g’isht poydevorlar ma’lum edi. Ushbu poydevorlar ustiga ko’p xonali uylar barpo etilib, markaziy turar-joylar himoya xususiyatiga ega bo’lgan devorlar bilan o’rab olingan. [4]
Hududlar o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar shaharlar taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ham alohida ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bunday aloqalar hunarmandchilik buyumlari, hususan, sopol idishlar ishlab chiqarish va ulardagi o’xshashlikda ko’proq kuzatiladi.
Geografik jihatdan bu hududlarda quyidagi tabiiy xo’jalik zonalari ajratiladi: o’ng qirg’oq Oqchadaryo, chap qirg’oq Sariqamisholdi havzasi va Orolbo’yi havzasi. Bu havzalardagi hayot tarixning turli davrlarida Amudaryo suvlariga bog’liq bo’lgan. Bu hududlarda yirik daryodan ko’p sonli irmoqlar orqali tekisliklarga chiqadigan suvlardan foydalanish tufayli mil.avv. I ming yillikning ikkinchi choragidan boshlab dehqonchilik iqtisodiyoti, o’troq va yarim ko’chmanchi chorvachilik xo’jaliklari, ovchilik va baliqchilikni o’zlashtirgan sak va massaget qabilalari uyushmalari shakllandi.[5]
Bu davr Xorazm moddiy madaniyatini o’rgangan tadqikotchilarning e’tirof etishlaricha, Xorazmdagi o’ziga xos madaniyat sohiblari Janubiy Turkmaniston va Shimodi-Sharqiy Eron xududlaridagi qadimgi dehqonchilik sivilizasiyalari bilan uzviy aloqada bo’lganlar. Bu holat arxaik Xorazm ko’chmanchi aholisining janubdagi boy sivilizasiya yuluqlaridan foydalanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib, miloddan avvalgi UI-U1 asrlarda Qadimgi Xorazm davlati paydo bo’lishiga turtki bo’lgan edi. Bu jarayon avvalo, Sariqamisholdi hududlarida ko’zga tashlanadi va bu hududlar Xorazm shaharsozligining boshlanishi bilan bog’lanadi.
Adabiyotlar ro’yhati:
- Сагдуллаев А.С. О соотношение древнеземледельческих комплексов Ферганы и Бактрии.// СА. 1985. № 4. С.21-32;
- Эшов. Б. Ўрта Осиёнинг қадимги шаҳарлари тарихи.- Тошкент “Фан ва технология”, 2008.- Б.34
- Асқаров А.А. Мустақиллик йилларида тарих, археология ва этнология. // ОНУз. 1996, №6, Б. 63
- Сагдуллаев А.С. Заметки о раннём железном веке Средней Азии.// СА.- 1982. №2, С.229-234;
- Дьяконов И.М, Якобсон В.А. «Номовный государства», «территориальные царства», «полисы» и «империи». Проблеми типологии.// ВДИ. 1982. - Б.25