SARALASH STANSIYASIDA YUK POYEZDLARINI TUZISH REJASI BUZILISHLARI BILAN KELGAN VAGON OQIMLARINI QAYTA ISHLASH SARF-XARAJATLARINI ANIQLASH
SARALASH STANSIYASIDA YUK POYEZDLARINI TUZISH REJASI BUZILISHLARI BILAN KELGAN VAGON OQIMLARINI QAYTA ISHLASH SARF-XARAJATLARINI ANIQLASH
Dilmurod Butunov
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, PhD,
O‘zbekiston, Toshkent
Shuxrat Bo‘riyev
Toshkent davlat transport universiteti, katta o‘qituvchi,
O‘zbekiston, Toshkent
G‘ayrat Ikramov
Toshkent davlat transport universiteti, assistenti,
O‘zbekiston, Toshkent
DETERMINATION OF THE COSTS OF RECYCLING WAGON FLOWS RELATED TO FREIGHT TRAIN SCHEDULE DISRUPTIONS AT A SORTING STATION
ANNOTATSIYA
Ishdan maqsad yuk poyezdlarini tuzish rejasining bajarilishini nazorat qilish bо‘yicha avtomatlashtirilgan nim tizimdan foydalanish samarasi Yuk poyezdlarini tuzish rejasini buzilishlari tufayli qilinadigan xarajatlarni qisqartirishdan iborat. Maqsadga erishish uchun statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va grafik modellashtirish usulidan foydalanildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi Chuqursoy stansiyasi misolida 2021 yil uchun Yuk poyezdlarini tuzish rejasini buzilishini sutkalik tahlili amalga oshirildi. Yuk poyezdlarini tuzish rejasini buzilishi bilan kelayotgan poyezdlar ketadigan harajatlar hisoblandi.
ABSTRACT
The purpose of the work is to reduce the costs that may be incurred due to the violation of the plan for the formation of freight trains, the effect of the use of an automated subsystem for monitoring the implementation of the plan for the formation of freight trains. To achieve this goal, the method of statistical data analysis and graphical modeling was used. On the example of the station Chukursay, which is under the jurisdiction of JSC “O‘zbekiston temir yo‘llari”, a daily analysis of violations of the plan for the formation of freight trains for 2021 was carried out. In case of violation of the plan for the formation of freight trains, the expenses for the departure of arriving trains were taken into account.
Kalit so‘zlar: saralash stansiyasi, yuk poyezdlarini tuzish rejasi, yuk poyezdlarini tuzish rejasi buzilishi, avtomatlashtirilgan tizim, vagon oqimlari.
Keywords: Marshalling yard, violation of the plan for the formation of freight trains, analysis, control, car traffic, violation of the plan for the formation of freight trains.
KIRISH
Saralash stansiyalari ish faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishi va boshqarilishi, jumladan poyezdlar tuzish rejasining shartlariga rioya qilish temir yo‘l transporti umumiy tashish jarayonining samaradorligi oshishi hamda temir yo‘lning asosiy ish ko‘rsatkichlari bajarilishida muhim ahamiyat kasb etadi [1-10].
Yuk poyezdllarini tuzish rejasi (YuPTR) – bu temir yo‘l tarmog‘ida joylashgan barcha texnik va yuk stansiyalarining yagona texnologik ish jarayonidir va shu bilan birga ular o‘rtasida vagon oqimlarini saralash ishlarini taqsimlash rejasidir [2, 3, 7, 8].
YuPTR stansiyalarda tuziladigan poyezdlar va vagonlar guruhlari turi va yo‘nalishini belgilaydi hamda yuk vagonlari va stansiyaning texnik qurilmalaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi [3]. Shuning uchun ham YuPTRning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish, aniqlangan buzilshishlarni tahlil qilish va ular keltirib chiqargan iqtisodiy zararlarni to‘g‘ri baholash va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Saralash stansiyasi ishining asosiy miqdor kо‘rsatkichi qabul qilingan va jо‘natilgan poyezdlar miqdori, shuningdek jо‘natilgan vagonlar miqdori bо‘lib hisoblanadi. Ushbu kо‘rsatkichlar stansiya bо‘yicha ishlov beriladigan vagonlar soniga ta’sir kо‘rsatadilar. Misol uchun 2021 yilda Chuqursoy saralash stansiyasining saralash tepaligi tomonidan 1,303,557 mingta vagonga ishlov berildi (1-rasm).
Rasm 1. 2021-yilda Chuqursoy stansiyasida qayta ishlangan vagonlar
Ishlov berilgan vagonlar sonining kо‘payishi poyezdlar va vagonlarning stansiyaga tuzish rejasini buzgan holda kelib tushishi tufayli yuz beradi. Bu holda stansiya orqali о‘tadigan vagonlar oqimining sun’iy ravishda ortishi ro‘y beradi.
Saralash stansiyasi ishidagi xarajatlar ishlov beriladigan vagonlar soniga bog‘liq bо‘lgan va bо‘lmagan xarajatlarga bо‘linadi.
Ishlov berilgan bitta vagonga tegishli bо‘lgan sarf-xarajatlar ishlov beriladigan vagonlar miqdoriga bog‘liq bо‘ladi. Shunday qilib, bitta ishlov berilgan vagonga tо‘g‘ri keladigan bog‘liq xarajatlar 2021 yilda о‘rtacha bir vagonga о‘rtacha 6965,6 so‘mni tashkil qilgan.
Sarf-xarajatlarning 2021 yil uchun oylar bо‘yicha о‘zgarish dinamikasi
2-rasmda keltirilgan. Poyezdlar YuPTRning buzilishlari statistikasini tahlil qila turib, buzilishlar sonining о‘zgarish dinamikasini kо‘rsatish mumkin.
Rasm 2. YuPTRB bilan keladigan vagonlarni qayta ishlash tannarxi
Bitta ishlov berilgan vagonga qilinadigan sarf-xarajatlarning о‘zgarishi YuPTRni buzgan holda kelib tushgan poyezdlar soniga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq emas.
Chuqursoy saralash stansiyasida vagonga ishlov berish tannarxining о‘zgarishini tadqiq etish natijalariga kо‘ra shu narsa aniqlandiki, vagonlarga YuPTRni buzgan holda qо‘shimcha ishlov berish tannarxi stansiyadagi vagonlarga rejani buzmagan holda ishlov berish tannarxiga teng ekan. Chuqursoy saralash stansiyasi bо‘yicha bir vagonga ishlov berishning о‘rtacha tannarxi 696 so‘mni, Buxoro-I stansiyasi bо‘yicha – taxminan 727 so‘mni ,Termiz stansiyasi bо‘yicha – 709 so‘mni tashkil qiladi.
Saralash stansiyasiga YuPTRni buzgan holda vagonlar jо‘natgan stansiyaga hisob taqdim etishning mavjud tizimi (buzilish bilan yetib kelgan vagonlar sonini stansiyada vagonga ishlov berish tannarxiga kо‘paytiriladi) о‘zgartirish talab qiladi, chunki bunday hisoblarning aksariyat qismi tо‘lanmay qolib ketaveradi. Shu sababli YuPTRni buzish hollari ham tobora kо‘payib bormoqda. Saralash stansiyasining YuPTRni buzgan holda kelib tushgan vagonlarga ishlov berish uchun qilgan xarajatlari quyidagini tashkil etadi:
bu yerda - YuPTRni buzgan holda yetib kelgan poyezdlar soni;
– poyezdning о‘rtacha tarkibi;
- bitta vagonga ishlov berish qiymati.
Yuklarni vaqtida ham bevosita, ham mahalliy qatnovlarda «aniq muddatida» yetkazib berish transportning о‘ziga ham jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. Bunda temir yо‘l transportiga kapital kiritmalarning nisbatan tejalishiga erishilib, asosiy fondlarning yangilanishi tezlashib, fond qaytimi yuksala boshlaydi.
Temir yо‘l transportining yuk tashish ishlarining yakuniy natijasi – bu iste’mol qilinadigan punktiga yetkazib berilgan yukdir. Bu transport mahsuloti bо‘lib, shuning uchun ekspluatatsiya ishlari ana shu kо‘rsatkichni yaxshilashga qaratilgan bо‘lishi kerak. Har bir tashishning yakuniy samarasi transportdan tashqarida – xizmat kо‘rsatilayotgan korxonalarda namoyon bо‘ladi.
Transport ishining samaradorligini ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liq transportdan tashqari samara, hamda transport xarajatlari bilan bog‘liq transport ichki samarasining birgalikdagi qо‘shma samarasi bо‘yicha baholash kerak [18].
Samaradorlikning transport ichidagi samarani tavsiflab keladigan alomatlari bо‘lib tashish tannarxining pastligi va harakat xavfsizligi bо‘lib hisoblanadi.
Yuklarning transportda bо‘lish davomiyligining qisqarishini har doim ham yuk egalari aylanma mablag‘lari tejalishi bilan bog‘lash tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Zamonaviy sharoitlarda yо‘ldagi yuk massasi qiymatini hisobga olish yuklarni harakatlantirish tezligini oshirishga qaratilgan mahalliy chora-tadbirlarni baholashda va qimmatbaho va kamyob yuklarni tez yetkazib berishni, shu bilan birga “aniq muddatida” tamoyili bо‘yicha yetkazib berishni tashkil qilishda talab etiladi. Bu holda temir yо‘l transportining yakuniy natijasi tashishlardan tushadigan foydaning kо‘payishida ifodalinishi lozim. Yuk massasi qiymatining arzonlashuvini hisoblash uslubiyoti M.M.Protodyakonov va T.S.Xachaturov tomonidan taklif etilgan.
Yо‘lda bо‘lgan yuklarning narxi quyidagicha aniqlanadi [17]
bu yerda — tashilayotgan yuklarning о‘rtacha narxi, so‘m/t;
— yil davomida tashiladigan yuklar miqdori, t;
— 1 t yukni yetkazib berishning о‘rtacha davomliligi, sut.
Ana shunda, yо‘ldagi yuk massasi qiymatining ortishini quyidagicha aniqlash mumkin:
bu yerda – bir tonna yukning о‘rtacha qiymati (narxi);
- YuPTR ni buzgan holda tashilgan yuk miqdori, tonna;
– 1 t yuk tutilib qolishining о‘rtacha davomliligi, sut.
Texnik me’yorlar vagonlarning umumiy ishchi parki bо‘yicha belgilanadi. Ishchi parki [16] yukli va bо‘sh vagonlar parklariga bо‘linadi. Ishchi parkining yuk ortilgan vagonlari esa о‘z navbatida mahalliy yuk ortilgan yoki tranzit vagonlarga bо‘linadi. Bо‘sh vagonlar parki ham harakatlanuvchi tarkib turiga, ham tashishlarda bandligiga kо‘ra farqlanadi.
YuPTR buzilishlarida ana shu jarayonda ishtirok etadigan stansiyalarda turib qolish vagon-soatlari kо‘payishi rо‘y beradi. Bu muayyan yо‘nalishdagi vagonlar oqimining kattalashuvi tufayli bо‘ladi. Vagonlar oqimi kamaygan yо‘nalishlarda esa vagonlar о‘rtacha turib qolish vaqti uzaya boshlaydi.
YuPTR buzilishidan qilinadigan xarajatlarni baholash uchun vagon-soatlar xarajatlariga bog‘liq ravishda vagonlar parkidagi ehtiyojga doir ma’lumotlardan foydalanish mumkin bо‘ladi:
bu yerda — vagonlarning zarur rezervini hisobga olgan koeffitsiyent, (universal vagonlar uchun, = 1,2);
— bir yildagi vagon-soatlar;
- nosoz vagonlar ulushi (v = 0,0366).
Stansiyada vagonlarga ishlov berish kо‘payishi natijasida, stansiyada vagonlarning umumiy turib qolishi ham uzayishi rо‘y beradi. Agar ifodaga yil davomida YuPTR buzilishlaridan qо‘shimcha jamlangan vagon-soatlar ham qо‘shib qо‘yilsa, unda YuPTR buzilishlari oqibatida vagon parkini kо‘paytirish uchun talab etilgan vagonlar sonini olish mumkin bо‘ladi.
Misol uchun, 2021 yilda Chuqursoy saralash stansiyasiga YuPTRni buzgan holda ishlov berishga 146 ta poyezd kelgan. Hisob-kitobda YuPTRning barcha buzilish holatlarini umumlashtirish tarkibdagi YuPTRni buzgan holda kelgan vagonlar soni 60 ta va qо‘shimcha tarzda ishlov berish vaqti esa bir vagonga 15 soatni tashkil etadi deb qabul qilamiz.
Demak,
Hisob-kitob natijalaridan ma’lumki, poyezdlarni tuzish (shakllantirish) rejasi buzilishlari tufayli 2021 yilda Chuqursoy saralash stansiyasi tashish maqsadlarida 396 ta kо‘proq vagondan foydalanishi mumkin bо‘lib, bu bir vagondan olinadigan yillik daromad 7.102.000 ming so‘mni tashkil etishini hisobga olib [20], qо‘shimcha ravishda 2.812.392.000 so‘m daromad olishi mumkin edi.
2021 yilda Chuqursoy stansiya bо‘yicha YuPTR buzilishlaridan ekspluatatsiya xarajatlari hisob-kitobi natijalari asosida 1-jadvalda keltirilgan.
Jadval 1.
2021 yilda YuPTRbuzilishlari tufayli qilingan xarajatlar
Kо‘rsatkich nomlanishi |
О‘lchov birligi |
Qiymati |
YuPTR buzilishiga yо‘l qо‘yilgan poyezdlar soni |
vagon |
2728 |
Saralash stansiyalarining YuPTRni buzgan holda yetib kelgan vagonlarga qayta ishlov berish xarajatlari |
so‘m |
113.921.280 |
Yо‘ldagi yuk massasi qiymatining ortishi |
so‘m |
367853071 |
YuPTR buzilishidan vagonlar turib qolishining uzayishi |
vag.-soat |
2782560 |
YuPTR buzilishidan ishchi parki yо‘qotishlari |
vag. |
396 |
Vagonlar ishlatilmasligi tufayli yо‘qotilgan daromad |
so‘m |
2.812.392.000 |
Shunday qilib, YuPTR bajarilishini avtomatlashtirilgan nazorat qilish nim tizimining tatbiq etilishi YuPTR buzilishlari sonini kamaytirish va YuPTR buzilishlari tufayli qilnadigan iqtisodiy xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi.
XULOSA
Bir vagonga ishlov berish qiymatini tadqiq etish shuni kо‘rsatdiki, bir vagonga qilinadigan sarf-xarajatlarning о‘zgarishi tuzish YuPTR buzgan holda yetib kelgan poyezdlar soniga bevosita bog‘liq emas ekan.Temir yо‘llar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tahlili YuPTR buzilishlari sababli vagonlarga qо‘shimcha ishlov berilishi uchun hisob taqdim etilishining kam samarali ekanligini kо‘rsatdi. YuPTRning bajarilishini nazorat qilishning yangicha uslublarini qо‘llash, ular asosida amaldagi avtomatlashtirilgan tizimlar doirasida YuPTR bajarilishini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan kichik tizimini yaratish bu kabi buzilishlar sonini kamaytirish va YuPTR buzilishlaridan ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.
Adabiyotlar:
- Butunov D., Buriyev Sh., Pardayeva U. Non-productive time losses in sorting park operation, The scientific heritage, Vol 1, No 74 (74), рр. 28-31, (2021), DOI: 10.24412/9215-0365-2021-74-1-28-31 (http://www.scientific-heritage.com/wp-content/uploads/2021/09/The-scientific-heritage-No-74-74-2021-Vol-1.pdf)
- Bo‘riyev, S.X., Butunov, D.B., & Ikramov, G.S. (2021). Determination of causes of disorders of full train formation plan. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 331-338. doi:10.24412/2181-1385-2021-11-331-338 https://ares.uz/storage/app/media/2021/Vol_2_No_11/331-338.pdf
- Butunov D.B. Development of a technical and operational model for calculating costs when processing cars at a sorting station / D.B. Butunov // Bulletin of TashIIT: Tashkent, 2019. No. 3. pages 181-195. (https://uzjournals.edu.uz/cgi/viewcontent.cgi?article=1074&context=tashiit)
- Bo‘riyev, S.X., & Butunov, D.B. (2021). The process of meeting wagons at the station “Ch” research. Academic research in educational sciences, 2(9), 438-444. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-438-444
- Shuxrat Xamroqul O‘G‘Li Bo‘Riyev, Dilmurod Baxodirovich Butunov, & Islom Obitjon O‘G‘Li Abdumalikov (2022). VAGON OQIMLARINI TASHKIL ETISH USULLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Academic research in educational sciences, 3 (7), 21-27. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vagon-oqimlarini-tashkil-etish-usullarining-rivojlanish-bosqichlari
- Бутунов Д.Б., Котенко А.Г. Оценка непроизводительных потерь в работе сортировочной станции // Известия Петербургского университета путей сообщения. 2018. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/otsenka-neproizvoditelnyh-poter-v-rabote-sortirovochnoy-stantsii
- Бутунов, Дилмурод Баходирович, Бўриев, Шухрат Хамроқул Ўғли, Абдумаликов, Исломжон Обиджон Ўғли ВАГОН ОҚИМЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ УСУЛЛАРИ ТАҲЛИЛИ // ORIENSS. 2022. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vagon-o-imlarini-tashkil-etish-tehnologiyasi-usullari-ta-lili
- Буриев Шухрат Хамрокул Угли, Бутунов Дилмурод Баходирович, Икрамов Гайрат Шухрат Угли, Ахмедова Муслима Джалоловна НАРУШЕНИЯ ПЛАНА ФОРМИРОВАНИЯ ГРУЗОВЫХ ПОЕЗДОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ПРОЦЕСС ПЕРЕВОЗКИ // Universum: технические науки. 2022. №6-3 (99). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/narusheniya-plana-formirovaniya-gruzovyh-poezdov-vliyayuschih-na-protsess-perevozki
- Shuxrat Xamroqul O‘G‘Li Bo‘Riyev, Dilmurod Baxodirovich Butunov, G‘Ayrat Shuxrat O‘G‘Li Ikramov YUK POYEZDLARINI TUZISH REJASINING BAJARILISHI BUZILISHLARI SABABLARINI ANIQLASH // Academic research in educational sciences. 2021. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/yuk-poyezdlarini-tuzish-rejasining-bajarilishi-buzilishlari-sabablarini-aniqlash
- Дилмурод Баходирович Бутунов, Шинполат Мансуралиевич Суюнбаев, Муслима Джалаловна Ахмедова ОСОБЕННОСТИ ПОСТРОЕНИЯ СТОХАСТИЧЕСКОЙ МОДЕЛИ ОЦЕНКИ ПАРАМЕТРА НЕПРОИЗВОДИТЕЛЬНОГО ПОТЕРЯ // Academic research in educational sciences. 2021. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-postroeniya-stohasticheskoy-modeli-otsenki-parametra-neproizvoditelnogo-poterya
- Шинполат Мансуралиевич Суюнбаев, Шерзод Баҳром Ўғли Жумаев, Шухрат Хамроқул Ўғли Бўриев, Ахмаджон Акромжон Ўғли Туропов ТЕМИР ЙЎЛ УЧАСТКАЛАРИДА МАҲАЛЛИЙ ВАГОНЛАР ОҚИМИНИ ТУРЛИ ТОИФАДАГИ ПОЕЗДЛАР БИЛАН ТАШКИЛ ЭТИШ УСУЛЛАРИНИ ТЕХНИК-ИҚТИСОДИЙ БАҲОЛАШ // Academic research in educational sciences. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/temir-y-l-uchastkalarida-ma-alliy-vagonlar-o-imini-turli-toifadagi-poezdlar-bilan-tashkil-etish-usullarini-tehnik-i-tisodiy-ba
- Shuxrat Xamroqul Ogli Boriyev, Dilmurod Baxodirovich Butunov “Ch” STANSIYASIDA VAGONLAR YIG„ILISH JARAYONINI TADQIQ ETISH // Academic research in educational sciences. 2021. №9. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ch-stansiyasida-vagonlar-yig-ilish-jarayonini-tadqiq-etish
- Butunov D., Abdukodirov S., Khusenov U., Buriyev Sh. METHODS OF IMPROVING TECHNOLOGICAL PRACTICES OF PROCESSING OF COMBINED TRAINS AT INTERMEDIATE STATIONS // The Scientific Heritage. 2021. №67-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/methods-of-improving-technological-practices-of-processing-of-combined-trains-at-intermediate-stations
- Бутунов, Д. Б., & Баротов, Ж. С. (2019). Анализ времени нахождения транзитных вагонов с переработкой в парке приема и горки станции. Toshkent shahridagi turin politexnika universiteti axborotnomasi, (1), 115-119.
- Сардор Асқар Ўғли Абдуқодиров, Дилмурод Баходирович Бутунов, Сирожиддин Иброхимжон Ўғли Рахмонов ЮК ПОЕЗДЛАРИНИНГ УЧАСТКА ТЕЗЛИГИНИ ҲИСОБЛАШ УСУЛИНИ МАТЕМАТИК МОДЕЛИНИ ИШЛАБ ЧИҚИШ // Academic research in educational sciences. 2022. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/yuk-poezdlarining-uchastka-tezligini-isoblash-usulini-matematik-modelini-ishlab-chi-ish
- Abdukodirov Sardor, Butunov Dilmurod, Ahmedova Muslima THE INFLUENCE OF FREIGHT TRAIN DELAYS ON THE SPEED OF TRAINS AT RAILWAY STATIONS // Universum: технические науки. 2022. №9-5 (102). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/the-influence-of-freight-train-delays-on-the-speed-of-trains-at-railway-stations
- Butunov D., Akhmedovа M., Buriyev Sh. SYSTEM ANALYSIS OF UNIFORMALITY OF OPERATION OF SORTING STATION “CH” IN DAILY MODE // DIZWW. 2022. №25. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/system-analysis-of-uniformality-of-operation-of-sorting-station-ch-in-daily-mode
- Butunov D., Buriyev Sh., Abdukodirov S., Musayev M. OPERATING RESULTS OF THE SORTING STATION “CH” MODEL IN DAILY MODE // The Scientific Heritage. 2022. №82-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/operating-results-of-the-sorting-station-ch-model-in-daily-mode
- Saburov, M., Butunov, D., Khudayberganov, S., Boltaev, S., Akhmedova, M., & Musaev, M. (2022, June). Determination of the optimal requirement of the number of freight wagons. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030091). AIP Publishing LLC.
- Butunov, D. B. (2019). Determining the causes of losses affecting the amount of time the wagons are at the station. Bulletin of the TADI. Tashkent, (2), 89-97.