DEKAVIT VITAMIN KOMPLEKSINING QUYONCHILIKDAGI AHAMIYATI

Опубликовано в журнале: Научный журнал «Интернаука» № 46(269)
Рубрика журнала: 2. Биология
DOI статьи: 10.32743/26870142.2022.46.269.349444
Библиографическое описание
Абдураҳмонова Д.Л., Базаров Б.М. DEKAVIT VITAMIN KOMPLEKSINING QUYONCHILIKDAGI AHAMIYATI // Интернаука: электрон. научн. журн. 2022. № 46(269). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/269 (дата обращения: 22.12.2024). DOI:10.32743/26870142.2022.46.269.349444

DEKAVIT VITAMIN KOMPLEKSINING QUYONCHILIKDAGI AHAMIYATI

Dilnavoz Abdurahmonova

Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistri, O`zbekiston, Samarqand sh.

Baxritdin Bazarov

cand. biol. Sciences, Samarqand davlat universiteti,

O`zbekiston, Samarqand sh.

 

ЗНАЧЕНИЕ ВИТАМИННОГО КОМПЛЕКСА ДЕКАВИТ В КРОЛИКОВОДСТВЕ

Абдураҳмонова Дилнавоз Лапасовна

магистрант Самаркандского государственного университета им. Ш.Рашидова,

Республика Узбекистан, г. Самарканд

Базаров Бахритдин Махаммадиевич

канд. биол. наук, доц. Самаркандского государственного университета им. Ш.Рашидова,

Республика Узбекистан, г. Самарканд

 

ANNOTASIYA

Ushbu maqolda dekavit vitamin kompleksining quyonlar ratsioniga kiritishning fiziologik va mahsuldorlik ko`rsatgichlariga tasiri tahlil etilgan bo’lib, tajriba natijalari jadvallar yordamida ochib berilgan.

ABSTRACT

In this article, the influence of the inclusion of the vitamin complex dekavit in the diet of rabbits on physiological and productive indicators is analyzed, and the results of the experiments are revealed using tables.

 

Kalit so’zlar.  quyonchilik, dekavit, vitamin, tajriba, qon, go’sht, mahsuldorlik.

Keywords. rabbit breeding, decavit, vitamin, experience, blood, meat, productivity.

 

Quyonchilik chorvachilikning tez еtiluvchan, serpusht, sermahsul tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu tarmoqda kam mehnat va ozuqa sarfi evaziga ko’p miqdorda parhez go’sht, sifatli teri, mayin tivit va boshqa mahsulotlar еtishtirish imkoniyati mavjud [1; 2]. Quyonchilik parhez go’sht ishlab chiqarish uchun istiqbolli soha hisoblanadi. Quyon go’shti barcha muhim aminokislotalarni o’z ichiga oladi. To’yingan yog’ kislotalarining kamligi va xolesterinning past darajasi tana vazni ortgan, turli xil yurak-qon tomir va oshqozon ichak kasalliklari bo’lgan odamlarning ovqatlanishida  muhim ahamiyatga ega [3, 4]. O`zbekistonda quyonchilikni yanada rivojlantirishga va mahsuldorlik ko’rsatkichlarini oshirishga o’z hissamizni qo’shish maqsadida quyonlar ratsionini “dekavit” vitamin komplekslar bilan boyitdik. Dekvit – bu multivitaminli kombinatsiyalangan mahsulot  bo’lib, uning ta’siri tarkibiga bog’liq.

Jadval 1.

DEKAVIT – vitamin kompleksining tarkibi (1ml preparat tarkibida quyidagi faol moddalar mavjud)

A vitamin (retinol asetat)

10000 ME

D3 vitamini (xolekalsiferol )

1000 ME

E vitamini (a-tokoferol asetat )

15.0 mg

Vitamin K 3 (menadion )

2.0 mg

Vitamin B1 (tiamin gidroxloridi )

2.0 mg

Kalsiypantotenat

8.0 mg

Vitamin B6 (piridoksin gidroxloridi)

2.0 mg

Vitamin B12 (siyanokobolamin)

30 mg

C vitamini (askorbin kislotasi)

20 mg

L-lizin

2.5 mg

 

A vitamini –shilliq pardalar, korish organlari epiteliyasining tuzilishini qo’llab –quvvatlaydi, organizmning yuqumli kasalliklarga chidamliligini oshiradi, ayol va erkaklarning reproduktiv funksiyalarini rag’batlantiradi, homila rezorbsiyasi va uning rivojlanishidagi nuqsonlarni oldini oladi. D3 vitamini-ichakdagi kalsiy va fosforning so’rilishini va ularning birlamchi siydikdan reabsorbsiyasini, kalsitonin sintezini, suyak to’qimalarining organik matritsasini oqsillarining va uning minerilizatsiyasini rag’batlantiradi, kalsiy va fosfor gomeostazini qo’llab – quvvatlaydi, homila organlarining shakllanishi va funksional еtukligiga ta’sir qiladi. E vitamini tabiiy antioksidant bo’lib peroksid birikmalarining shakllanishiga to’sqinlik qiladi, hujayra membranalarini lipid peroksidatsityasi mahsulotlari tomonidan yo’q qilinishidan himoya qiladi, antioksidant tizim fermentlarini faollashtiradi, mio va gemoglobin sintezini faollashtiradi, bepushlikning oldini oladi, homila rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, miodistrofiya, bilomyazov kasalligini oldini oladi. Protrombin, prokonvertin va tromboplastin sinteziga ta’sir qiluvchi K vitamini qon ivishda muhim rol o’ynaydi, gemorragik diatezning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi [4]. Vitamin B1-Krebs siklining ishlashida, uglevod va oqsil metobolizmida ishtirok etadigan fermentlar–karboksilaza, transkatalaza, piruvatdekarboksilaza tarkibiga kiradi, kortikomiya nekrozining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Kalsiypantotenat uglevod va yog’ almashinuvida, Krebs siklining ishlashida, limon kislotasi, atsetil-xolin, steroid gormonlar, safro kislotalari sintezida, yog’ kislotalarining oksidlanishida, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida qisqa zanjirli yog’ kislotalarining metabolizmida еtakchi ro’l o’ynaydigan koenzim А(KoA) sintezi uchun zarurdir [1, 5]. Vitamin B6- prostetik guruh sifatida fermentlar tarkibiga kiradi, ularning ta’siri ostida aminokislotalar, yog’ sintezi sodir bo’ladi, adrenalin va norepinefrin, serotonin, gistamin va nuklein sintezida ishtirok etadi. Vitamin B12-gematopoez, metionin va xolin, nuklein kislotalarining sintezida ishtirok etadi, lipotrop ta’sirga ega, oqsil sintezi va jigar faoliyatini rag’batlantiradi, oqsillar, retinol sintezini faollashtiradi. C vitamin temirning еmrilishini va uning gem molekulasiga qo’shilishini, eritrotsitlarning kamolotini, kollagen hosil bo’lishini rag’batlantiradi, qon tomirlari devorlarining yaxlitligini ta’minlaydi va qon ketishining oldini oladi, buyrakusti bezlarida kortikosteroidlar, qalqonsimon bez gormonlari, oshqozonosti bezi va jinsiy bezlarning sintezini rag’batlantiradi. Dekavit–o’ziga xos bo’lmagan qarshilikni, ishlashni, takrorlanadigan funksiyani oshiradi. Hayvonlarning o’sishi va rivojlanishini rag’batlantiradi, embrion o’limini oldini oladi. Vitaminlar tana (organizm) uchun muhim ahamiyatga ega. Bu so’z hayot baxsh etuvchi, degan ma’noni anglatadi. Ular tanada muntazam davom etadigan moddalar almashinuvi, hujayra, to’qimalarning o’sishi va qayta tiklanishi hamda kasalliklarga qarshi kurashishda faol ishtirok etadi [5]. Vitaminlar iste’mol omillari bo’lib, juda kam miqdorda saqlanadi va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik, jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadi [1]. Bizning olib borgan tajribalarimiz davomida dastlabki quyonlarning og’irligi 2157 gr ni tashkil etgan edi. Birinchi o’n kunlikda nazorat guruhidagi quyonlarning og’irligi 2247gr ni, tajriba guruhidagi quyonlarning o’rtacha og’irligi 2300 gr ni tashkil etdi. Ikkinchi o’n kunlikda nazorat guruhida 2337 gr ni, tajriba guruhida 2531gr ni tashkil etdi. Tajribalarimiz yakunida esa nazorat guruhida 2429 gr ni, tajriba guruhida 2696 gr ni tashkil etdi. Umumiy maxsuuldorlik ko’rsatkichi nazorat guruhida 272 gr ni, tajriba guruhida 539 gr ni tashkil etdi.

Jadval 2.

Tajribalar davomida quyonlar vaznining o’zgarishi

Guruhlar

Dastlabki og’irlik (g)

1-o’n kunlik(g)

2-o’n kunlik (g)

3-o’n kunlik (g)

Umumiy mahsuldorlik (g)

Nazorat guruhi

2157

2247

2337

2429

272

Tajriba guruhi

2157

2300

 2531

 

2696

539

 

Ushbu 1-jadval ma`lumotlaridan ko’rinib turubdiki, tajriba guruhi nazorat guruhiga nisbatan 267 gr ga ko’p maxsuldorligi bilan farq qildi. Bunday natijaning kelib chiqishiga sabab albatta dekavit vitamin kompleksi ta’sirining yuqoriligidir. Ma`lumki, qon hayvon organizmi uchun ichki muhit suyuqliklarining asosiy qismi sifatida katta ahamiyatga ega. Qon orqali moddalar almashinuvi jarayoni amalga oshiriladi. Bu borada olib borgan tajribalarimiz yakunida quyonlar organizmida  dekavit  vitamin kompleksining ta’sirini aniqroq kuzatish uchun Mindray BC 5000 gematologik analizatori yordamida umumiy qon analizi tekshiruvilarini o’tkazdik. Olingan qon tahlillari dinamikasi hayvonlarning fiziologik holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi [2]. Xulosa qilib aytganda hayvonlar tanasidagi qonda tashiladigan kislorod miqdori eritrotsitlar sonining ko’payishi bilan ortadi. Bu metabolitik jarayonlar, o’sish va rivojlanish intensivligi tezligiga ta’sir ko’rsatadi. Natijada aniqlangan gematologik hususiyatlarning ortishi tadqiqot guruhlaridagi quyonlarning mahsuldorlik ko’rsatgichlarining ortishiga olib keladi.

 

Adabiyotlar:

  1. Минина И.С., Леонтюк С.В., “Как разводит кроликов”, Москва., 1981.
  2. Bazarov B.M. The Number of General Leukocytes in the Blood of Karakul Sheep Farmed in Different Climate and Nutritional Conditions Depends on the Seasons of the Immune System. Bulletin of  Pure and Applied Sciences Section A – Zoology (Animal Science). July-December 2022, Volume 41A, Number 2, pp.216-221.  
  3. Dairo, F.A.S. Assessment of loofah gourd seeds luffa cylindrical roem on performance and some haematological indices of rabbit weanersIn /F.A.S. Dario// Proceedings of the 9th World Congress Verona -2008.
  4. Demeyer, D. Balancing the risks and benefits of unprocessed and processed red meat consumption for both consumers and the environment / D.Demeyer// Meat Sci.-2010.